“Dunyo“ AAning xabar berishicha, Oʻzbekiston diplomatlari vatandoshimiz M.T.ning Novosibirsk shahrida dunyoga kelgan qiz farzandi uchun tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirishda zarur yordam koʻrsatdi.

Amalga oshirilgan konsullik harakatlari natijasida barcha rasmiyatchiliklar qisqa muddatda hal etildi va zarur hujjatlar yurtdoshimizga topshirildi.

Ona va bola 23-aprel kuni “Novosibirsk-Toshkent“ aviareysi bilan Oʻzbekistonga sogʻ-salomat qaytarildi.