Xorijiy tajriba asosida Yakkasaroy tumani, Andijon va Xivada ishlab chiqaruvchilarga ham, investorlarga ham jozibador zargarlik markazlari ochildi.

Bunday markazlar butun respublika boʻyicha barpo qilinishi belgilandi.

Mutasaddilarga joriy yilning oʻzida xomashyo, laboratoriya, oʻquv markazi, shou-rum va doʻkonlari bir joyda boʻlgan yana 6 ta markazni ishga tushirish, xorijiy dizayner va texnologlarni jalb qilib, zargarlarni oʻqitish topshirildi.

“Hamma eshitib olsin. Zargarlarning xomashyo bilan bogʻliq birorta muammosi boʻlmasligi kerak”, — dedi Prezident.

Shu maqsadda bu yil birjaga chiqariladigan oltin hajmi 6 tonnadan 8 tonnaga oshiriladi.

Yangi zargarlik markazlari ishga tushgan Toshkent shahri, Andijon va Xorazmda, bu yil bunday markazlar ochilishi reja qilingan Buxoro, Namangan, Samarqand va Fargʻona viloyatlarida hamda qolgan hududlarda ehtiyojdan kelib chiqib oltin zaxirasi yaratiladi.