Bu haqda bojxona qoʻmitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, ular “BYD”, “VOLKSWAGEN”, “KAIYI X3”, “HONDA”, GEOMETRY», “FAW ID4” va boshqa rusumlardagi 59 ta avtotransport vositasini har birini 100-200 AQSH dollari evaziga Tojikiston Respublikasiga oʻtkazib bergan.
Aniqlanishicha, mazkur avtotransport vositalarining barchasi qoʻshni davlatda noqonuniy tarzda sotib yuborilgan.
Mazkur holat yuzasidan Bojxona qoʻmitasining Surishtiruv va maʼmuriy amaliyot boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilib, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi va tergov organiga topshirildi.
«Fursatdan foydalanib, shaxsiy avtotransport vositalarini boshqa shaxslarga ishonchnoma orqali berishda yurtdoshlarimizni yana bir bor hushyorlikka chaqiramiz!
Agar ishonchnoma asosida berilgan avtotransport vositasini qaytarib olishda muammolarga duch kelayotgan boʻlsangiz yoki avtomashina Oʻzbekistondan olib chiqib ketilganligi yuzasidan shubha va gumonlaringiz boʻlsa, zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qilishingizni soʻraymiz,» deyiladi xabarda.









