Toshkentdagi omborxonalarning biridan perekis vodorod moddasi ochiq havoga chiqib ketdi

    Xavfsizlik 21 Iyul 2025 766

    Bugun, 21 iyul` kuni soat 03:00 da Toshkent shahar Olmazor tumani, Uzumbog' ko'chasidagi omborxonada joylashgan sig'imdan perekis vodorod moddasi ochiq havoga sizib chiqishi kuzatildi.

    Xabarga asosan, zudlik bilan Toshkent shahar FVBning Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik himoya bo'limlari aytilgan manzilga etib bordi.

    Vaziyat to'liq nazoratga olinib, barcha tegishli xizmatlar voqea joyida hamkorlikda ish olib borildi va holat soat 04:00 da to'liq bartaraf etildi.

    Air Tashkent xizmatining havo sifati datchiklari Olmazor tumanida (423-sonli bolalar bog'chasi hududida) havo ifloslanishining xavfli darajada yuqori ko'rsatkichlarini qayd etgan.

    Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.