Angren shahrida voyaga yetmagan qiz bilan bogʻliq holat doirasida qiz hayotini saqlab qolgan shifokorga nisbatan shaxsiy maʼlumotlarni tarqatgani uchun prokuratura jinoyat ishi qoʻzgʻatmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

«Mazkur xabarlar mutlaqo asossiz boʻlib, haqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qilamiz«, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Eslatib oʻtamiz, voyaga yetmagan qizni bir necha kishi zoʻrlab kelgani va u jarohatlar olgani xabar berilgan. Hozirda qiz shifoxonada davolanmoqda.