Ushbu 21 ta tuman hokimiga viloyat hokimlari bilan birgalikda bu borada oʻzgarish qilish boʻyicha aniq rejalarni tuzish topshirildi.
“Mahsulotlarimiz sifatli va shirin boʻlgani uchun tashqi bozorlarda “Oʻzbekistonda yetishtirilgan” brendi shakllangan”, - dedi davlatimiz rahbari.
Lekin, ayrim “chaqqon” savdogarlar hammadan oldin qimmatroq sotishni koʻzlab, xom mevani eksportga chiqarayotgani tanqid qilindi. Oqibatda xorijdagi savdo tarmoqlari minglab tonna Oʻzbekiston mahsulotini xom holatda yetkazib berilgani uchun qabul qilmagan.
Natijada Oʻzbekistonda yetishtirilgan mahsulotlar tashqi bozorda oʻz oʻrnini yoʻqotishi mumkinligi qatʼiy koʻrsatib oʻtildi.









