Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-noyabr kuni kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar sarhisobi va kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
“Hamma eshitib olsin, bundan buyon daromad topish imkoniyati cheklangan va nogironligi bor shaxslar kambagʻallar reyestrida boʻlmaydi. Ularni qoʻllab-quvvatlashni davlat zimmasiga oladi”, – dedi Prezidentimiz.
Kelgusi yilda meva-sabzavot va oziq-ovqatni eksport qilish boʻyicha 4 milliard dollarlik marra belgilangan.
Agar bu tajriba barcha hududlarda joriy qilinsa, mahsulot yetishtirish ham, eksport ham, asosiysi, dehqonlarning daromadi ham 4-5 karra koʻpayadi.
Uchinchi yoʻnalish – sanoat loyihalari orqali doimiy ish oʻrinlarini koʻpaytirish.
Agar brendlar yangi ochiladigan filial uchun xodimlarni oʻzim oʻqitaman, desa, buning xarajati Bandlik jamgʻarmasidan qoplab beriladi.
Ikkinchi yoʻnalish – servis loyihalarini koʻpaytirib, aholi bandligini taʼminlash. Mamlakatimizda eng yuqori oʻsish surʼatini taʼminlayotgan soha xizmatlar sohasi ekani taʼkidlandi.
Lekin bu mablagʻ hamma tumanga teng taqsimlanmaydi.
Ayrim tuman hokimlari bandlik masalalarida jiddiy kamchiliklar va koʻzboʻyamachilikka yoʻl qoʻyayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Denov tumani hokimi I.Abrorov, uning birinchi oʻrinbosari Sh.Toʻraqulov, Chiroqchi tumani hokimi F.Yusupov, uning birinchi oʻrinbosari Z.Ergashev ishdan olinishi belgilandi.