Tramp Ukrainadagi urushga 8-avgustgacha barham bermoqchi

    AQSh Prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi urushga 8-avgustgacha barham bermoqchi. Bu haqda AQShning BMT Xavfsizlik Kengashidagi bayonotiga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.

    “AQSh BMT Xavfsizlik Kengashiga Tramp Rossiyaning Ukrainadagi urushini to'xtatish bo'yicha kelishuv 8-avgustgacha tuzilishi kerakligini ma'lum qildi”, deyiladi nashr bayonotida.

    14-iyul kuni Tramp Ukrainadagi mojaroni hal qilishda muvaffaqiyatga erishilmasa, Rossiya va uning savdo hamkorlariga nisbatan 100 foiz ikkilamchi bojlar joriy etish bilan tahdid qilgan edi. Dastlab Amerika rahbari Rossiyaga o't ochishni to'xtatish uchun 50 kun muhlat bergan bo'lsa, 28-iyulda bu muddatni 10-12 kunga qisqartirdi. U 8-avgustda tugaydi, deb xabar beradi gazeta.ru.