“Tinchlik sari qadam”: Putin va Tramp Ankorijda uchrashdi

    Rossiya va AQSh Prezidentlarining Ankorijdagi muzokaralari deyarli uch soat davom etdi. Tomonlar Ukraina mojarosini tartibga solishning ayrim nuqtalari bo'yicha kelishuvga erishdi.

    Uchrashuvdagi ko'plab kutilmagan holatlar

    Vladimir Putin qizil gilamda Donald Tramp bilan suhbatdan bir daqiqa chalg'idi: B-2 strategik bombardimonchi samolyoti F-35 hamrohligida Elmendorf-Richardson harbiy bazasi ustidan uchib o'tdi. Hech kim bunday havo paradini kutmagan edi.

    Umuman olganda, juda ko'p kutilmagan holatlar yuz berdi. Misol uchun, ular mehmonni qanday kutib olishlarini bilishmagan – ular uni Davlat kotibi Marko Rubio va Pentagon rahbari Pit Xegset trapda kutib olishadi, deb o'ylashgan. Lekin Rossiya Prezidentini shaxsan amerikalik hamkasbi kutib turgan edi. Ular bir-birlarini tabassum bilan kutib olishdi va mashinalari, “Aurus” va “Kadillak”lari tomon yo'l olishdi.

    Va yana bir ajablanarli holat. Tramp, ehtimol, oxirgi daqiqada birga ketishni taklif qildi. Putin rozi bo'ldi. Prezidentlar Amerika rahbarining mashinasiga o'tirganidan keyin: “Muzokaralar allaqachon boshlandi!”, deya xitob qildi jurnalistlardan biri uchish-qo'nish yo'lagida.

    Uchrashuv formati birdaniga o'zgardi. Ular yuzma-yuz gaplashishlari, yonida faqat tarjimonlar bo'lishi taxmin qilingan edi. 15-avgust kuni tushga kelib, ma'lumotlar paydo bo'ldi: yordamchilar ham bo'ladi. Va rossiyalik mehmon kelganida, mahalliy vaqt bilan 11:00 da (Moskva vaqti bilan 22:00) hamma narsa yana o'zgardi.

    Natijada kichik zalga davlat rahbarlari bilan birga Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Trampning maxsus vakili Stiven Uitkoff va AQSh Davlat kotibi Marko Rubio kirib kelishdi. Qisqa fotosessiyadan so'ng ular yopiq eshiklar ortida muzokaralarni boshlashdi.

    Hamma taxmin qildi: agar ular kelishuvga erishishsa, unda bu nima haqida bo'ladi? Ukraina mojarosini hal qilish borasida muvaffaqiyatni kutish kerakmi? Ko'p variantlar ilgari surildi.

    Ramziy joy

    “Uch plyus uch” formatidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumani ham noodatiy bo'ldi. Birinchidan, Prezidentlar jurnalistlarning savollariga javob berishmadi, yakunda qo'l berib ko'rishishdi va qisqa gaplashidi. Ikkinchidan, ularning bayonotlari qiziq bo'ldi.

    Rossiya Prezidenti Alyaskaga kelish taklifi uchun hamkasbiga minnatdorchilik bildirdi va bu joyning ramziyligini qayd etdi. Shimoliy Amerika har ikki davlatni turli tarixiy bosqichlarda chambarchas bog'lagan. Ikkinchi jahon urushi davrida hamkorlik muhim edi – xususan, u yerda sovet uchuvchilari dafn etilgan. Putin AQSh hukumati va mahalliy aholiga qahramonlar xotirasini saqlab qolgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

    U, shuningdek, Trampga mojaroni hal qilish borasidagi sa'y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi. Rossiya yetakchisi Putining qayd etishicha, tomonlar, anglashuvga erishdi, uning fikricha, bu Ukrainada tinchlikka yo'l ochadi.

    “Biz Kiyev va Yevropa poytaxtlari bularning barchasini konstruktiv tarzda qabul qilishini va hech qanday to'siq yaratmasligini kutamiz. Ular provokatsiyalar yoki parda ortidagi intrigalar orqali yuzaga kelayotgan progressni buzishga urinmaydi”, dedi Prezident.

    Putin Ukraina xalqi birodar bo'lgani uchun sodir bo'layotgan voqealarni Rossiya uchun katta fojia deb hisoblaydi. Shuning uchun Moskva tinchlikning tezroq boshlanishidan juda manfaatdor.

    Rossiya Ukraina xavfsizligi ta'minlanishi kerakligiga rozi va Moskva bu borada ishlashga tayyor, deya qo'shimcha qildi Rossiya yetakchisi.

    “Hali hech qanday kelishuv yo'q”

    Tramp, o'z navbatida, Moskva va Vashington ba'zi masalalarda kelishib olishga muvaffaq bo'lganini ta'kidladi.

    “Eng muhimi, bizda tinchlikka erishish uchun yaxshi imkoniyat bor”, dedi u.

    Shu bilan birga, “eng muhim masala” bo'yicha hali kelishuv mavjud emas, dedi AQSh Prezidenti. U aynan nima haqida gapirayotganini tushuntirmadi.

    Ammo u tan oldi: “Biz to'liq to'xtamga kela olmadik. Afsuski, hozircha kelishuv yo'q”. Ammo aloqalar davom etadi. Tramp, shuningdek, Yevropa ittifoqchilari va Kiyev bilan uchrashuv natijalarini muhokama qilishga va'da berdi, deb xabar berdi ria.ru.

    Shu bilan uchrashuv yakuniga etdi. Matbuot anjumanidan so'ng jurnalistlar yana bir yangilikni bilishdi: delegatsiyalar o'rtasida rejalashtirilgan ishchi nonushta bekor qilindi. Muzokaralar kutilganidan erta yakunlandi. Shunga qaramay, G'arb ommaviy axborot vositalari deyarli bir ovozdan ta'kidlaganidek, Putin va Tramp “umumiy til topishga” muvaffaq bo'lishdi va tinchlik sari muhim qadam tashlashdi.