Bugun, 27 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 18:27 da Afg'onistonda zilzila sodir bo'ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma'lum qildi.

Aniqlanishicha, zilzila epitsentri Toshkentdan 547 km janubiy-sharqda. epitsentrda sezilish kuchi 3 ball. Magnitudasi 5,7. CHuqurligi: 160 km. epitsentr: Badaxshon, Afg'oniston. Koordinatalari 36,55 shimoliy kenglik, 71,03 sharqiy uzunlik.

O'zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Surxondaryo viloyatida 2-3 ball, 342 km.
  • Farg'ona viloyatida 2 ball, 431 km.
  • Sirdaryo viloyatida 2 ball, 480 km.
  • Jizzax viloyatida 2 ball, 483 km.
  • Andijon viloyatida 2 ball, 486 km.
  • Samarqand viloyatida 2 ball, 496 km.
  • Namangan viloyatida 2 ball, 498 km.
  • Qashqadaryo viloyatida 2 ball, 527 km.
  • Toshkent shahrida 2 ball, 547 km.