Yagona umumrespublika protsessing markazining xabar berishicha, “Uzcard” tizimida rejadan tashqari profilaktika ishlari olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan bankomatlar (ATM), E-POS va POS terminallari, xalqaro bank kartalari va chet elda kobeydjing kartalari ishida vaqtincha uzilishlar kuzatilishi mumkin.
«Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr soʻragan holda mutaxassislarimiz nosozliklarni bartaraf etish va tizimning barqaror ishlashini tiklash ustida ish olib borayotganini maʼlum qilamiz», deyiladi Yagona umumrespublika protsessing markazi xabarida.