Uchrashuvda BMT doirasidagi Barqaror rivojlanish maqsadlarini ilgari surish, yolgʻon axborot tarqalishiga qarshi kurashish va yoshlarni global tashabbuslarga jalb etishga qaratilgan muhim loyihalar va kampaniyalar muhokama qilindi.
Shuningdek, strategik kommunikatsiyalar, media bilan hamkorlik va jurnalistlar uchun taʼlim dasturlarini yanada kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalari — Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini UN Academid Impact dasturiga kiritish muhim ahamiyat kasb etishi, bu talabalar va tadqiqotchilarga taʼlim va ilmiy izlanishlar boʻyicha global tashabbuslarda ishtirok etish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratishi taʼkidlandi.
Bundan tashqari, yolgʻon axborotga qarshi kurashish, yosh jurnalistlarni tayyorlash va BMTning xalqaro stajirovkalarida ishtirokini taʼminlash borasida hamkorlik istiqbollari koʻrib chiqildi.
Uchrashuv yakunida qoʻshma loyihalarni ishlab chiqish va BMT Global kommunikatsiyalar departamenti vakillarining Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan tadbirlarda faol ishtirokini taʼminlash yuzasidan kelishuvga erishildi.









