Kenji Hirata Yaponiyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi boʻldi

    Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Yaponiyaning mamlakatimizga yangi tayinlangan elchisi Kenji Hiratani qabul qildi.

    "Yaponiyaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Kenji Hirata janoblarining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik, – deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzinig telegram-kanalida. – Oʻzbekiston-Yaponiya oʻrtasidagi ikki va koʻp tomonlama hamkorlik kun tartibi oʻzaro manfaatli tashabbuslar hamda loyihalar bilan kengayib bormoqda. Elchi janoblariga mamlakatimizdagi diplomatik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaymiz".