Poyga an'anaviy tarzda mahalliy vaqt bilan roppa-rosa 08:00 da boshlandi va taxminan uch daqiqa davom etdi.
Navarraning homiysi bo'lgan Avliyo Fermin sharafiga o'tkazilayotgan festival payshanba kuni Pamplonada boshlandi va bir hafta davom etadi. Mazkur festival buqalar ishtirokida o'tkaziladigan poyga bilan mashhur. Unda buqalar qo'radan qo'yib yuboriladi hamda tor ko'cha bo'ylab bir necha daqiqa davomida odamlar ortidan quvadi.
Poygada odatda mahalliy aholi ham, sayyohlar ham ishtirok etishadi, deb xabar beradi mir24.tv.