«Chevrolet avtomobillari uchun kontraktatsiya boshlangani haqidagi ma'lumotlarni faqat rasmiy kanallardan oling!»

    UzAuto Motors mijozlariga murojaat bilan chiqdi.

    «UzAuto Motors» AJ bugun bir qancha avtomobillar uchun kontraktatsiya boshlanganligi to‘g‘risidagi mish-mishlarga ishonib, ertalabdan dilerlik markazlariga odamlar yig'ilganini ma'lum qilib, xaridorlarni asossiz xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi.

    «Hurmatli mijozlar, Chevrolet avtomobillari uchun kontraktatsiya boshlangani haqidagi ma'lumotlarni faqat rasmiy kanallardan oling! Bugun bir qancha avtoixlosmandlar avtomobillar uchun kontraktatsiya boshlanganligi to‘g‘risidagi mish-mishlarga ishonib, ertalabdan dilerlik markazlariga kelishgani sababli dilerliklarda katta navbatlar yuzaga keldi», deyiladi xabarda.

    Shuningdek, murojaatda sotuv boshlanganligi to‘g‘risida va boshqa xabarlar bo‘yicha ma’lumotlarni UzAuto Motors’ning rasmiy sahifalaridan olishga chaqirilgan.