Bu haqda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) vakili Husayn Mohebi ma’lum qildi.

“Bizning tekshiruvlarimiz shuni ko‘rsatadiki, IIQK havo-kosmik kuchlari bu nishonga hech qanday raketa uchirmagan. Kuvayt aeroporti yo‘lovchi terminalining vayron qilinishi AQShning Patriot tizimlarining xatosi oqibati bo‘ldi, ular Eron raketalarini to‘xtatishga urinish muvaffaqiyatsiz tugaganidan so‘ng terminalga qulab tushdi”, deya uning so‘zlaridan iqtisob keltirdi Eron davlat teleradiokompaniyasi.

Avvalroq Kuvayt xalqaro aeroporti faoliyati dron hujumlari tufayli to‘xtatilgan edi. Terminalga dron va ballistik raketa zarbalari oqibatida bir kishi halok bo‘ldi va 60 dan ortiq kishi jarohat oldi, deb xabar berdi report.az.