Bu masala Migratsiya agentligi rahbarining AQShning «Head Honchos» kompaniyasi vakillari bilan onlayn uchrashuvida muhokama qilindi.
Dastur doirasida nomzodlarga ingliz tili, qishloq xo‘jaligi texnikasini boshqarish, uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish va taʼmirlash, payvandlash hamda mehnat xavfsizligi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar o‘rgatiladi.
Ish beruvchilar o‘quv dasturini ishlab chiqish, nomzodlarni sinovdan o‘tkazish va yakuniy sertifikatlsh jarayonida ishtirok etadi. Birinchi guruhni AQShdagi bahorgi qishloq xo‘jaligi mavsumiga tayyorlash maqsad qilingan.
Amerikalik hamkorlar maʼlumotiga ko‘ra, AQSh fermerlarining o‘zbekistonlik ishchilarni mavsumiy ishlarga jalb qilishga qiziqishi ortib bormoqda.
Ish beruvchilarning aniq buyurtmalari olinib, tanlov mezonlari tasdiqlangandan keyin nomzodlarni saralash va tayyorlash jarayoni boshlanadi.
Qabul shartlari hamda ariza topshirish tartibi Migratsiya agentligining rasmiy kanallarida eʼlon qilinadi.