Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 8 iyun kuni soat 13:50 atrofida Qarshi tumanidagi «Chaman» mahallasi hududida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, maishiy gaz ballonilariga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida portlash yuz bergan.

Xabar kelib tushishi bilan voqea joyiga qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan yetib borgan. Ayni paytda portlash oqibatida kelib chiqqan yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq taqdim etilishini ma’lum qildi.