Anor etishtirishda yangi yondashuv: shifobaxsh mevaning in-vitro mikroklonal koʻpaytirish texnologiyasi
Qadimiy afsonalarda anor hukmronlik, kuch-qudrat, mehr va sadoqat ramzi sanalish bilan bir qatorda koʻplab shifobaxsh xususiyatlarni ham oʻzida mujassam etadi. Birgina misol, anor magniy, kalsiy, kaliy, fosfor, natriy, yod, A, V, S, Ye vitaminlariga boy boʻlib, organizmning immun tizimini mustahkamlashga xizmat qiladi. Qolaversa, uning qishloq xoʻjaligi, tibbiyot, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati hamda boshqa ishlab chiqarish sohalardagi ahamiyati katta.