Ichimlik suv narxi bo‘yicha tarqatilayotgan xabarlarga munosabat bildirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda: "O‘zbekistonda ertadan ichimlik va oqova suv narxlari 2 barobar qimmatlaydi. Jumladan, ichimlik suvi narxlari (1 metr kub) aholi uchun hozir 750 so‘mdan 1500 so‘mgacha ko‘tariladi", mazmunida tarqatilayotgan xabarlar asossiz hisoblanadi, — deyiladi "O‘zsuvta’minot" AJ rasmiy xabarida.