Vinni Tigvell 14-fevral kuni tug'ilgan kunini nishonladi. Pensionerni tabriklash uchun Berkshir grafligi Nyuberi shahridagi Winchcombe Place keksalar pansionatiga qarindoshlari va do'stlari kelishdi.
Ayol uzoq yillar shahardagi mashhur savdo markazlaridan birida ishlagan. 1980-yilda nafaqaga chiqqanidan so'ng, Tigvell G'arbiy Berkshir sud binosida choy barini boshqargan. Muassasa faoliyatidan tushgan mablag' xayriya ishlariga yo'naltirilardi.
Ayol aynan choyni uzoq umr ko'rish uchun eng yaxshi ichimlik deb hisoblaydi.
“Ko'proq choy va kulgi!”, deydi o'z yubileyini nishonlagan keksa ayol, ularni uzoq va baxtli hayotning asosiy tarkibiy qismlari ekaniga urg'u berib.
Tigvellning 100 yillik yubiley kechasida Winchcombe Place oshpazi maxsus choy ulashdi. Ayolni tabriklash uchun nafaqat uning ko'plab nevara va chevaralari, balki Nyuberi meri Geri Norman ham keldi, deb xabar beradi mail.ru.