“Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, portlashda Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Bosh shtabi Bosh operativ boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari, general-leytenant Yaroslav Moskalik halok bo'lgan”, dedi u.
Balashixa shahrida Nesterov ko'chasidagi 2-uy yaqinida Volkswagen Golf avtomobili portlab ketdi. Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, u yerda qo'lbola portlovchi qurilma ishga tushirilgan, deya qo'shimcha qildi Petrenko.
Tergovchilar tomonidan qotillik va portlovchi moddalarning noqonuniy muomalasi moddalari bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atildi.
Voqea joyida tergovchilar, kriminalistlar, ekspertlar va tezkor xodimlardan iborat guruh ishlamoqda, deb xabar beradi ria.ru.