Masʼullarga “Urganch – Gurlan – Mangʻit” yoʻlini rekonstruksiya qilish boʻyicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan muzokara oʻtkazish, 10 ta tumanni oʻzaro bogʻlovchi ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun Osiyo infratuzilma va investitsiya bankidan 75 million dollar jalb qilish topshirildi.

Xorazmning 13 ta tuman va shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari turizm va servis boʻyicha ilgʻor tajribani, muhitni oʻrganish uchun Ispaniya, Italiya, Fransiya kabi davlatlarga yuborilishi belgilandi.

Keyinchalik bu tizim barcha turizmga ixtisoslashgan hududlarda joriy qilinadi.

Umuman, joriy yilda Xorazmda jami 200 million dollarlik 91 ta loyihani ishga tushirish; 2 million xorijiy va 10 million mahalliy sayyohni jalb qilib, turizm eksportini 700 million dollardan oshirish; turizm va xizmatlar sohasida 100 mingta yangi ish oʻrni yaratish mutasaddilarning asosiy vazifasi boʻlishi belgilandi.