Qayd etilishicha, musobaqaning soʻnggi kunida hamyurtimiz Qudratbek Salimjonov (yoshlar) -109 kg vazn toifasining dast koʻtarish mashqida bronza medaliga sazovor boʻldi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi mazkur musobaqada 3 ta oltin, 7 ta kumush va 7 ta bronza, jami 17 ta medal jamgʻardi.

  • Mohinur Esonboyeva — 2 ta oltin va 1 ta bronza;
  • Alisher Osmanov — 1 ta oltin va 2 ta kumush;
  • Marjona Abdumutalova — 2 ta kumush va 1 ta bronza;
  • Munisbek Davletov — 2 ta kumush;
  • Diyorbek Roʻzmetov — 1 ta kumush va 2 ta bronza;
  • Xikmatillo Xaydarov — 1 ta bronza;
  • Dilnura Xoldorova — 1 ta bronza;
  • Qudratbek Salimjonov — 1 ta bronza.