Zarurat boʻlmagan joylarda oʻrnatilgan yoʻl belgilari demontaj qilinadi, ularning amal qilish vaqtini koʻrsatuvchi qoʻshimcha axborot belgilari oʻrnatiladi.
Qaror bilan shu belgilarda koʻrsatilgan amal qilish vaqtidan tashqari paytda transport vositalarining tegishlicha toʻxtashi hamda toʻxtab turishiga ruxsat berildi. Masalan, “Toʻxtab turish taqiqlangan« belgisining tagida amal qilish vaqti soat «7.00 — 21.00” deb koʻrsatilgan boʻlsa, transport vositalari ushbu belgi hududida soat 21.00 dan 7.00 ga qadar bemalol toʻxtab turishlari mumkin boʻladi.