Tadbirda qatnashish uchun butun dunyo boʻylab jami 250 ming kishi Vatikan maydoni va uning atrofiga yigʻildi.

Marosimning rasmiy qismi yakunlanganidan soʻng Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov yangi saylangan Rim Papasini tabriklab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning iliq salomlarini yoʻlladi.

Oʻz navbatida, yangi Rim Papasi Oʻzbekiston Rahbariyati va xalqiga chuqur minnatdorlik bildirdi.

Marosimda 156 ta xorijiy mamlakat, qirollik uylari va diniy konfessiyalardan delegatsiyalar vakillari qatnashdi