Bunda shifokor qabuliga masofadan yozilish hamda onlayn konsultatsiyalar oʻtkazish imkoniyati yaratiladi.

2025-yil yakunigacha Strategiyani joriy etish loyihasini amalga oshirish doirasida sunʼiy intellekt texnologiyalari joriy etiladi.

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida Bolalar saratoni boʻyicha xalqaro akademik xab (Akademik xab) tashkil etiladi.

Akademik xab ilmiy-taʼlim muassasasi hisoblanadi hamda unga quyidagi asosiy vazifalar yuklatiladi, jumladan:

  • xalqaro sertifikatlashtirish va uzluksiz tibbiy taʼlim tizimi boʻyicha ballar toʻplash standartlariga mos keladigan xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish;
  • strategik rejalashtirish va profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun bolalar saratoni bilan kasallanishning epidemiologik tendensiyalarini tahlil qilish va prognozlash.