Viloyat IIBning xabar berishicha, holat shu yilning 19-iyun kuni soat 12:20larda Qoʻrgʻontepa tumani, Xurobod mahallasi hududidan oʻtgan D-138 avtomobil yoʻlining 42-kilometrida sodir boʻlgan.
Maʼlumotlarga koʻra, haydovchi 1980-yilda tugʻilgan Sh.O. oʻzining “BYD Song plus” rusumli transport vositasida Xonobod shahar yoʻnalishi boʻylab boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yoʻqotishi oqibatida yoʻl chetidagi chegara sim toʻsigʻiga borib urilgan va yoʻl-transport hodisasini sodir etgan.
Ushbu yoʻl-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq. Transport vositasi texnik shikastlangan.