Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shadiyev Londonda “Bolt” kompaniyasining Hamkor bozorlar boʻyicha global direktori Gert-Yan Kistemaker bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Oʻzbekistonda “Bolt” platformasini ishga tushirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, taksi, oziq-ovqat va yuk yetkazib berish, elektrosamokatlar xizmati kabi yoʻnalishlarni oʻz ichiga olgan platforma mahalliy aholi va xorijiy sayyohlar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratishi qayd etildi.
Tomonlar Oʻzbekistonning yirik shaharlaridan birida pilot loyihani amalga oshirish va uni kelajakda kengaytirishga qiziqish bildirdilar.