Haydovchilarni tayyorlash boʻyicha yangi tizim samara berishni boshlagani taʼkidlandi. Yil boshidan staji kam haydovchilarning qoidabuzarligi 15 foizga, ogʻir avariyalar 30 foizga qisqardi.
Lekin piyodalar, ayniqsa, yoshlarning madaniyati va yoʻl harakati qoidalari haqidagi bilimlarini oshirish – dolzarb masala.
Masʼul vazirliklarga yangi oʻquv yiligacha maktab va bogʻchalarda harakat xavfsizligi boʻyicha dasturlarni tubdan yangilash topshirildi.
Maktab oʻquvchilari va mahalladagi yoshlar oʻrtasida “Yashil chiroq” musobaqalari qayta tiklanib, respublika gʻoliblariga Prezident sovgʻasi beriladi.
Yoʻl harakati qoidalari boʻyicha sodda video va animatsion kontentlar yaratiladi. Mahallada, turli tadbirlarda yoʻl qoidalariga amal qilish boʻyicha tushuntirish ishlari yoʻlga qoʻyiladi.
Yigʻilishda hududlar, soha uchun masʼul vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.