Mahalliy yashovchi Dmitriy Moskinning “VKontakte” ijtimoiy tarmog'idagi videosida yorqin chaqnash osmonni bir necha soniya davomida yoritib turgani, shundan so'ng olov shari paydo bo'lgani ko'rsatilgan. Bir soniyadan keyin u yonib ketgan.
2013-yilning 15-fevralida Chelyabinsk viloyatida meteor qulab tushdi, uning og'irligi 600 kilogrammga yaqin bo'lgan bo'lagi Chebarkul ko'lidan olib chiqildi. Hozirda u muzeyda saqlanmoqda. Qulab tushish oqibatida hech kim qurbon bo'lmagan, biroq 1,6 mingdan ortiq kishi jarohatlangan, ulardan 52 nafari shifoxonaga yotqizilgan, deb xabar beradi ria.ru.