Jumladan:

  • Bolalarga taʼlim-tarbiya beradigan barcha pedagog xodimlar doimiy ravishda bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
  • Pedagoglar uchun 56 kunlik yillik haq toʻlanadigan uzaytirilgan taʼtillar beriladi.
  • Pedagoglar xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga koʻpi bilan 36 soat qilib belgilanadi.
  • Maktab oʻqituvchilariga faoliyatni baholash mezonlari asosida 10 foizdan 40 foizgacha, kutubxonachi va psixologlarga 10 foizdan 20 foizgacha ustama belgilanadi.
  • Fan olimpiadasi gʻolibini tayyorlagan oʻqituvchilar ragʻbatlantiriladi.
  • Oʻqituvchilar kasal boʻlib qolganida moddiy yordam beriladi.
  • Olimpiada gʻolibi boʻlgan oʻqituvchilarga 150 foizgacha ustama beriladi.
  • “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovi gʻolibi boʻlgan maktabga yarim milliard soʻm beriladi.
  • Inklyuziv sinf oʻqituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi.
  • Olis hududlarda dars berayotgan oʻqituvchilarga 50 foizgacha ustama beriladi.
  • Matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlari boʻyicha xalqaro va respublika olimpiadalari gʻoliblarini tayyorlagan professor-oʻqituvchilarga pul mukofoti beriladi.
  • Koʻp yillik stajga ega pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaydi.
  • Xalqaro fan olimpiadalarini tayyorlagan oʻqituvchilarga malaka toifasi attestatsiyasiz beriladi.
  • Respublika fan olimpiadasi gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar malaka toifasi bir pogʻona oshiriladi.
  • Tibbiyot sohasi professor-oʻqituvchilariga davolash-tashxis ishlarini bajarganliklari uchun qoʻshimcha haq toʻlanadi.
  • Oʻqituvchilarning faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik bor.