Insonparvarlik yordami Turkmaniston–Eron chegarasidagi “Artik–Lyutfobod” nazorat-o‘tkazish punktida Eron tomoniga tantanali ravishda topshirildi. Bu haqida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Tadbirda O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi Ravshan Alimov, Eronning Turkmanistondagi elchisi Ali Mo‘jtabo Ruzbehoniy, Dargaz shahri hokimi Mo‘jtabo Bazmara, Eron Tashqi ishlar vazirligining Xurosani Razaviy viloyatidagi vakili Haydari Fard, shuningdek, bojxona, sog‘liqni saqlash va insonparvarlik tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Eron tomoni ushbu sinovli damlarda ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va xalqiga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Ta’kidlanganidek, mazkur insonparvarlik tashabbusi O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik, o‘zaro hurmat, hamjihatlik va qo‘llab-quvvatlash ruhining yana bir yorqin ifodasidir.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida ham O‘zbekiston Respublikasi Hukumatі tomonidan Eron Islоm Respublikasi aholisi uchun insonparvarlik yordami yuborilgan edi. Unda un, guruch, shakar, makaron mahsulotlari, kungaboqar yog‘i, konservalar, shuningdek, dori vositalari va tibbiy buyumlar jo‘natilgan.