“Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi Oʻzbekistonda Bayroq qabul qilingan kunga bagʻishlanadi. Boʻlajak marafonda respublika boʻylab jami 100 mingdan ortiq yuguruvchi qatnashadi.
19-noyabr kuni Oʻzbekistonning 16 shahrida anʼanaviy “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi boʻlib oʻtadi.
“Umumiy hisobda Toshkent shahrida oʻtadigan tadbirda 6000 mingdan ziyod, respublika miqyosida esa 100 mingdan ortiq sportsevar hamyurtlarimiz ishtirok etishi kutilmoqda. Musobaqada qatnashish uchun qoʻshni Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistondan ham sportchilar taklif etilgan”, deyiladi xabarda.