Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti olimlari xorij olimlar bilan hamkorlikda 2021-yil noyabr oyida chang bo‘roni bosib o‘tgan yo‘llari, hosil bo‘lishini yuqori aniqlikdagi TROPOMI UVAI kosmik kuzatuvlarini tuproq ostidagi aerozollar o‘lchovi monitoringiga asoslangan Lagrangian zarra model bilan integratsiya qilish asosida chuqur tahlil qilishdi.
Maqolada chang bo‘ronining kelib chiqishi "Ural-Volgabo‘yi" mintaqalaridan sovuq qutbli antisiklon frontining old qismi ta’siri sabab etib ko‘rsatilgan. U O‘zbekiston sharqi va markaziy hududlaridagi tinch barqaror havo bilan to‘qnashib qalin chang tumanligini keltirib chiqargan.
Eng kuchli chang bo‘ronlari poytaxt Toshkent va Farg‘ona vodiysida kuzatilgan. Va ular mintaqadagi boshqa yirik o‘tmish chang bo‘ronlaridan farqli ravishda uzoq vaqt havoda muallaq turib qolgan. Chang bo‘roni Qozog‘istonning 2021-yildagi misli ko‘rilmagan issiqlik fonini qabul qilish fonida ro‘y bergan. Qozog‘istonda uzoq muddat qurg‘oqchil, juda kam yog‘in ob-havo hamda haroratning +46,5 darajaga yetishi sabab etib ko‘rsatilgan. Bunda Qozog‘iston markazi va janubida tuproqning 50 sm gacha chuqurlik qismi haddan tashqari quruqlashib, tuproq qoplamasini davomli kuchli shamol omilida osmonu-falaklarga tez ko‘tarilishiga moyil qilgan.
Bu hodisa mintaqada meteorologik kuzatuvlar boshlangan 1871-yildan buyon eng xavfli chang bo‘ron sifatida ro‘yxatga olingan, mazkur chang bo‘roni mintaqada juda uzoq davom etishi bilan esda qolarlisi bo‘ldi. Afsuski, ming afsuski, mintaqa kuchli cho‘llashish va qurg‘oqchilikni qabul qilayotgan hozirgi sharoitda bu kabi hodisa so‘ngisi bo‘lib qolmaydi.