Global isish qurg'oqchilik ehtimolini 30 baravar oshirdi. 2023-yilda kuzatilgan El-Nino iqlim hodisasi ham qurg'oqchilik bilan bog'liq, biroq u katta rol o'ynamadi.
Amazonkadagi kuchli qurg'oqchilik olimlarni katta tashvishga soldi. Ushbu mintaqadagi tropik o'rmonlar qurg'oqchil holatga o'tishga yaqin ekanligi aytilmoqda. Bu daraxtlarning qurib ketishini, karbonat angidrid chiqindilarining keskin oshishini va haroratning yanada ko'tarilishini anglatadi.
Millionlab odamlar Amazondagi qurg'oqchilikdan aziyat chekmoqda. Ayrim daryolarda suv sathi oxirgi yuz yildan ortiq vaqt ichida eng past darajaga tushdi. Bu ichimlik suvi taqchilligiga, gidroelektrostansiyalar faoliyati, elektr ta'minotida uzilishlarga, hosilning etishmasligiga sabab bo'ldi. Qurg'oqchilik o'rmon yong'inlarini ham kuchaytirdi va haddan tashqari qizib ketgan daryolar suvda jonivorlarining ommaviy nobud bo'lishiga olib keldi. Bir hafta ichida yo'qolib ketish xavfi ostida turgan 150 ta pushti rangli daryo del`finlari nobud bo'ldi,
Olimlarning hisob-kitoblariga ko'ra, hozirgi iqlim sharoitida haddan tashqari qurg'oqchilik har 50 yilda bir marta kutiladi. Ammo agar global harorat sanoatdan oldingi darajadan 2 darajaga oshsa, qurg'oqchilik har 13 yilda sodir bo'ladi, deb xabar beradi mir24.tv.