Asosiy soliq stavkalari oʻzgarmaydi
Asosiy soliq stavkalari oʻzgarmaydi. 2026-yilda quyidagi asosiy stavkalar oʻzgarishsiz qoladi:
- foyda soligʻi 15 foiz,
- qoʻshimcha qiymat soligʻi 12 foiz,
- jismoniy shaxslar daromad soligʻi 12 foiz,
- ijtimoiy soliq 12 foiz,
- byudjet tashkilotlari uchun 25 foizni tashkil etadi.
Aylanma soliq esa 4 foizni, yuridik shaxslar mol-mulk soligʻi 1,5 foizni tashkil etadi. Qishloq xoʻjaligi yerlari uchun stavka — yerning meʼyoriy qiymatiga nisbatan 0,95 foizni tashkil etadi.
Aksiz soligʻi
Alkogol, tamaki, shakarli ichimliklar va chipslarga yangi tartib joriy etiladi. 2026-yilda JST talablariga muvofiq alkogol mahsulotlari boʻyicha aksizlar bosqichma-bosqich tenglashtiriladi.
1-fevraldan mahalliy — litriga 48 000 soʻm (hozir 44 000), import — 60 000 soʻm (hozir 76 000)ni tashkil etadi. Shuningdek, kelasi yilning 1-iyuldan mahalliy va import uchun yagona stavka — 48 000 soʻm, vino va pivo uchun ham yangi stavkalar belgilangan.
Tamaki tovarlariga aksizlar 7 foizga oshiriladi va yagona tartibga keltiriladi. Yaʼni:
- 1000 dona sigaret – 365 000 soʻm,
- 1 dona sigaret – 21 500 soʻm,
- chilim tamakisi — 642 000 soʻm/kg,
- veyp suyuqligi — 2140 soʻm/ml etib belgilanadi.
Ichimlik tarkibidagi qand miqdoriga qarab soliq stavkalari farqlanadi.
Oʻzbekistonda birinchi marta, kartoshka chipslariga — 15 000 soʻm/kg. aksiz soligʻi joriy etiladi. Bu Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga asoslanadi.
Kichik biznes uchun yengilliklar
2026-yildan kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha bir qator yangiliklar amalga kiritiladi.
Aylanmasi 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan YATT va oʻzini oʻzi band qilganlar uchun 1 foiz aylanma soligʻi belgilanadi (hozir 4 foiz). QQS va foyda soligʻiga oʻtayotgan korxonalarga imtiyozlar, 1-yilga foyda soligʻidan ozod etish, 6 oy davomida buxgalteriya xizmatlari xarajatlarini YEMIHning 3,5 baravarigacha chegirma berildi.
2026-yil 1-yanvardan, mol-mulk, yer, daromad, ijtimoiy, aylanma soligʻi va QQS hisobotini soliq organlari oʻzi shakllantiradi. Bir nechta hisobot topshirilmasa, bitta umumiy jazo qoʻllanadi.
Eksport boʻyicha QQS qaytarish tartibi yengillashadi. Soliq qarzi debitorlar hisobidan undirilishi mumkin boʻladi.
Issiqxona xoʻjaliklari — daromadning 60 foizi issiqxona faoliyatidan boʻlsa, 1 foizi ijtimoiy soliq.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishda — 0 foiz QQS.
Gips qazib oluvchi korxonalar uchun — 50 foiz stavkali soliq joriy etildi.
Shuningdek, mahalliy kengashlarga yer soligʻi va suv soliqlari boʻyicha koeffitsiyentlarni oʻzgartirish huquqi beriladi.