O'ziga zarur sifatga ega bo'lmagan tovar sotilgan xaridor, agar nuqsonlar sotuvchi tomonidan aytilmagan bo'lsa, o'zining tanlashiga ko'ra sotuvchidan (oziq-ovqat tovarlariga nisbatan xaridor xarid qilingandan keyin 24 soat mobaynida bunday huquqqa ega bo'ladi) quyidagilardan birini talab etishga haqli:— aynan shunday markadagi (model, artikuldagi) tovarga almashtirishni;

— xarid narxini tegishli ravishda qayta hisob-kitob qilgan holda boshqa marka (model, artikul)dagi aynan shunday tovarga almashtirishni;

— xarid narxi mutanosib ravishda kamaytirilishini;

— tovarning nuqsonlari darhol bepul bartaraf etilishini;

— tovarning nuqsonlarini bartaraf etish xarajatlari qoplanishini. 

Bunda xaridor zarur sifatga ega bo'lmagan tovar sotilganligi oqibatida o'ziga yetkazilgan zarar to'liq qoplanishini talab qilishga haqlidir.