AKT Vazir Sherzod Shermatov markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, IT sohasida bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan takliflarini bildirib oʻtdi.
Shuningdek, uchrashuvda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev ham qatnashdi. Agentlik direktori Yoshlar portalini yanada takomillashtirish hamda yoshlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish boʻyicha fikrlarini bildirdi.
Shu bilan birga, AKT vaziri Yoshlar portalini takomillashtirish boʻyicha takliflarini bildirdi.
Uchrashuv davomida yoshlar daftariga kiritilganlarga IT yoʻnalishida taʼlim olishda imkoniyatlar yaratish masalalari ham muhokama qilindi.
Shundan soʻng AKT vaziri oʻquv markazida taʼlim olayotgan oʻquvchilar bilan ochiq muloqot qildi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati .