Unda Toshkent viloyatining 44 ta mahalliy ishlab chiqaruvchilari 100 ga yaqin mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Eʼtiborlisi, ikki kun davom etadigan yarmarkada avtomobil sektorining ustuvor yoʻnalish sifatida belgilagan holda sanoat kooperatsiyasi oʻzlashtirishga taklif etilayotgan import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar namoyish qilinyapti.

Yarmarka ishtirokchilari mahsulotlariga boʻlgan texnik talab va koʻrsatkichlari aks ettirilgan stend va tarqatma materiallar bilan faol ishtirok etish hamda taqdimotlar (prezentatsiya) oʻtkazadi.

Tadbirda tarmoq korxonalar oʻrtasida hamkorlik shartnomalari, shuningdek, import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni kelgusida mahalliylashtirish boʻyicha memorandumlar ham imzolanadi.