Ta'kidlanishicha, viloyatda faoliyat olib borayotgan kuz-qish shtabiga benzin sifati va uning etishmovchiligi bo'yicha muroajatlar ko'paygan. Mazkur murojaatlar nazoratga olinib, tegishli mutasaddi va organlar tomonidan o'rganligan. Natijada bir qator "zapravka"larda shunday holat aniqlangan va mutasaddilarga nisbatan tegishli tartibda chora ko'rilgan.
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasining Andijon hududiy boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Sirojiddin Muxtorovga ko'ra, 14-15 dekabr kunlari Andijon shahri va Andijon tumanidagi AYOQSHlardan olingan 17 ta namunadan 7 tasida belgilangan me'yorlarga javob bermagani aniqlangan. Bu kabi reydlar viloyatning boshqa shahar va tumanlarida ham shunday o'rganishlar o'tkazish rejalashtirilgan.