Ishlanma “Young Scientist's Challenge” tanlovida bosh mukofot bilan taqdirlandi.
Xeman Bekelening oilasi uning to'rt yoshligida Efiopiyadan AQShga ko'chib o'tgan. Biroq, bolakay o'z yurtida kun bo'yi jazirama quyosh ostida mehnat qilgan odamlarni esladi. Mazkur xotiralar uni ana shunday ixtiroga ilhomlantirdi.
Sovun teri orqali organizmning immunitet tizimini faollashtiradigan va saraton hujayralariga qarshi kurashishga yordam beradigan dorilarni yetkazib beradi. Asosiy faol moddasi imidazoxinolin bo'lib, u ilgari tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda ishlatilgan.
Sovun tarkibida lipidga asoslangan nanozarrachalar ham mavjud bo'lib, ular shifobaxsh birikmalarning terida uzoq vaqt qolishiga imkon beradi.
“Gap shundaki, sovunni yuvib tashlaganingizdan keyin ham shifobaxsh komponentlar teringizda saqlanib qoladi”, — dedi ishlanma muallifi.
Lipid nanozarrachalari ko'pincha vaksinalarda qo'llaniladi. Ammo ularni in'ektsiya yo'li bilan tanaga kiritish shart emas. Teriga surtilganda nanozarrachalar uning yuzasida ko'rinmas qatlam hosil qiladi, bu esa faol birikmalarning kirib borishini osonlashtiradi. Texnologiyaning raqamli molekulyar sinovi yuqori samaradorlikni ko'rsatdi. Biroq, loyiha muallifi odamlarda klinik sinovlar o'tkazish uchun hozircha ruxsatga ega emas. Xeman keyingi besh yil ichida sovunni odamlarda sinab ko'rish uchun ruxsat olish va FDA sertifikatini qo'lga kiritishga umid qilmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.