Rossiyada baliq chiqindilaridan biologik parchalanadigan plastik ishlab chiqildi

    Krasnoyarsk ilmiy markazi olimlari baliq chiqindilaridan plastik ishlab chiqarish texnologiyasini ixtiro qildi.

    Bu maxsus bakteriyalardan foydalanishga asoslangan.

    Tajribalar uchun Cupriavidus necator bakteriyasi tanlandi.

    Baliq chiqindilari uglerod manbai va bakteriyalar uchun ko'payish joyi bo'lib xizmat qildi. Kuzatishlar shuni ko'rsatdiki, mikroorganizmlar dudlangan kilka yog'ida yaxshiroq ko'paydi. Ularga eng kam “yoqqan” narsa yangi kilka bo'ldi.

    Biroq, har bir holatda ham bakteriyalar texnologik jihatdan ilg'or biologik parchalanadigan poligidroksialkanoat polimerlarini muvaffaqiyatli sintez qildi.

    Olimlar parchalanadigan poligidroksialkanoatlarning xususiyatlarini tahlil qilishdi. Ular tuzilmaning kristallik darajasi 66 dan 71 foizgacha, erish harorati 158 dan 165 darajagacha ekanligini aniqlashdi.

    Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, yangi texnologiya bir vaqtning o'zida ikkita muammoni hal qiladi: ekologik toza plastik ishlab chiqish va baliqchilik sanoati chiqindilarini qayta ishlash, deb xabar beradi mir24.tv.