Benzin, dizel yoki elektr vositasida harakatlanadigan avtomobil: qaysi biri afzal?

    Joriy yilning 14 fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida mashinasozlik sanoatidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan yig'ilish o'tkazilgan edi.

    Yig'ilish davomida davlatimiz rahbari elektoromobillar masalasiga alohida to'xtalib, “jahonda elektromobillar ishlab chiqarish jadal rivojlanib, avtomobil bozorida salmoqli o'rin egallamoqda. Biz ham bu sohada ortda qolmasligimiz uchun amaliy ishlarni hozirdan boshlashimiz kerak”, deya ta'kidlab o'tdi.

    Ushbu maqsadlar uchun:

    - uch oy muddatda elektromobil` tarmog'ini rivojlantirish strategiyasi;

    - elektromobillar uchun butlovchi qism va materiallarni mahalliylashtirish dasturi;

    - elektromobillar uchun texnik talab va zamonaviy standartlar ishlab chiqiladi.

    Shu o'rinda tabiiy savol tug'iladi, elektromobillarning afzalliklari nimada?

    Bir yil davomida foydalanilgan bitta elektromobil o'rtacha 1500 kg (CO)2 karbonand angidrid bilan atmosfera havosini ifloslanishining oldini oladi.

    Har bir benzin yoqilg'isida harakatlanadigan avtomobil 15 ming km masofani bosib o'tganda atmosferaga 3 tonnadan ortiq karbonant angidrid gazi, 93 kg uglevodorodlar, 0,5 tonna uglerod oksidi, 30 kg ga yaqin azot oksidi chiqaradi. Dizel yoqilg'isida harakatlanadigan avtomobillarda bu ko'rsatkichlar biroz yuqori.

    Tadqiqotlar elektromobillar atrof-muhit uchun yaxshiroq ekanligini, ular benzin yoki dizel yoqilg'isida harakatlanadigan avtomobillarga qaraganda kamroq issiqxona gazlari va havoni ifloslantiruvchi moddalar chiqarishini isbotladi. Bu ularning harakatini ta'minlash uchun elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayonida hosil bo'ladi.

    Elektromobillarning asosiy afzalligi ularning shaharlardagi havo sifatini yaxshilashga qo'shishi mumkin bo'lgan hissasidir. Elektromobillar harakati davomida karbonant angidrid gazini chiqarmaydi. Yana bir afzalligi, elektromobillar shaharlar uchun muhim bo'lgan shovqin darajasini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi.

    Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, elektromobillar an'anaviy benzin yoki dizel yoqilg'isida harakatlanadigan avtomobillarga qaraganda atrof-muhit uchun foydaliroq. Agar elektromobil qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali quvvatlanadigan bo'lsa, bu elektromobil 100 foiz ekologik xavfsiz hisoblanadi.

    Dunyoda elektromobil transportini rivojlanishini rag'batlantirish maqsadida, bir qator mamlakatlar Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Niderlandiya, Ispaniya, Gretsiya, Norvegiya 2040 yilgacha avtomobil transportidan atmosferaga tashlanadigan gazlar emissiyasini nolga tushirishini rasman e'lon qilgan.

    Yana bir qiziq tahlil. O'zbekiston Respublikasida elektromobillarni rivojlanishiga ta'sir qiluvchi muhim omil, an'anaviy yoqilg'iga nisbatan elektr energiyasining narxi hisoblanadi.

    O'zbekiston Respublikasida 1 kVt-soat elektr energiyasining narxi 450 so'm (0,045 dollar)ni, AI-92 benzinining bir litri 10400 so'm (1,0 dollar)ni tashkil etadi. 100 kilometr harakat davomida elektromobil 23 kVt soat energiya, an'anaviy avtomobil esa taxminan 8,5 litr yoqilg'i sarflaydi. Demak, elektromobilda 100 km uchun 11 220 so'm (1,035 dollar), an'anaviy avtomobilda esa 96476 so'm (8,9 dollar) mablag' sarflanadi.

    So'nggi yillarda, Hukumat tomonidan yurtimizga elektromobil importi uchun bir qator engilliklar yaratilib berilmoqda. Birgina misol, elektromobillarni olib kelish bo'yicha fuqarolarimizga 2019 yil 1 yanvardan bojxona boji bekor qilingan va o'sha yilning iyul oyiga borib aktsiz solig'i ham bekor qilingan. Ayni paytda chetdan engil elektromobil olib kirishda 20 yevro bojxona yig'imi va 15 foizlik QQS to'lash kifoya.

    Natijada, mamlakatimizga 2020 va 2021 yilga kelib, 2018 yilga nisbatan mos ravishda 10 va 53 barobar ko'p elektromobil import qilingan.

    Davlat ekologiya qo'mitasi

    Atmosfera havosini muhofaza

    qilish boshqarmasi