– Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan “Ma'naviyat va ijodni qo'llab-quvvatlash maqsadli jamg'armasini tashkil etish to'g'risida” hamda “Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” qarorlar qabul qilingani yurtimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” degan hayotbaxsh g'oyaning ahamiyati tobora ortib borayotganini bildiradi. Suhbatimiz avvalida mazkur qarorlar asosidagi vazifalarga to'xtalib o'tsangiz...
– Davlatimiz rahbari 2020 yilning 20 may kuni Adiblar xiyoboniga tashrifi chog'ida: “Adabiyot – xalqning yuragi, elning ma'naviyatini ko'rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo'l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta'sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o'rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz”, degan edi. 2021 yilning 19 yanvar` kuni Shavkat Mirziyoev ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo'yicha o'tkazgan videoselektor yig'ilishida esa ushbu fikrlariga asos hozirladi. Kecha imzolangan hujjatlar esa o'sha yig'ilishda aytilgan gaplarning huquqiy asosi bo'ldi. Xususan, davlat rahbarining “Ma'naviyat va ijodni qo'llab-quvvatlash maqsadli jamg'armasini tashkil etish to'g'risida”gi qarorida ko'rsatilganidek, endi xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati, asriy an'anayu qadriyatlari kuylangan, milliy ma'naviyatimizning mazmun-mohiyati teran badiiy ifodasini topgan mumtoz, zamonaviy adabiyotimiz namunalari xorijiy tillarga tizimli tarjima qilinadi hamda jahon axborot tarmog'ida keng targ'ib etiladi. Sodda aytganda, milliy merosimiz, buyuk ajdodlarimizning jahon tamadduniga qo'shgan ulkan hissalari dunyo miqyosiga olib chiqiladi. Mamlakatimiz va xalqaro doirada ilmiy-ma'rifiy tadbirlar, adabiy anjumanlar, festivallar, tanlovlar, xalq sayillari kitob va adabiyot bayramlari tarzidagi adabiy-musiqiy kechalar o'tkaziladi.
Bir paytlar yosh ijodkoralarning birinchi kitoblarini chop etish xarajatlari iqtisod qilingan, ya'ni sifatsiz, sariq qog'ozlarda chop etilgan edi. Bugungi yoshlarimizning baxti shundaki, ularning ilk to'plamlari chiroyli muqovalarda, sifatli qog'ozlarda, katta nusxalarda chiqarilayapti. Buning qadriga etish kerak. Hujjatga ko'ra, bu kabi ishlar endi yanada takomillashadi. Xususan, yosh mualliflarning O'zbekiston YOzuvchilar uyushmasi tomonidan tavsiya etiladigan birinchi kitoblari, taniqli adiblarimizning ijod namunalari mazkur mablag'lar hisobidan nashr etiladi.
Bu yil Hazrat Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi, Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi yurtimiz bo'ylab keng nishonlanadi. O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimov tavalludining 80 yilligi va xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85 yilligiga qizg'in tay- yorgarlik ko'rilmoqda. YAngi tashkil etilayotgan fond ana shunday tadbirlarni o'tkazishga ko'makchi bo'ladi. Inchunin, O'zbekiston YOzuvchilar uyushmasi a'zolarining ijodiy kechalarini o'tkazish, adabiyotimiz rivojiga munosib hissa qo'shgan uyushma a'zolariga moddiy yordam ko'rsatish shular jumlasidandir.
eng muhimi, adabiy jamoatchilik tomonidan e'tirof etilgan hamda mamlakat ijtimoiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan badiiy asarlar mualliflari, ya'ni yozuvchi va shoirlarimiz moddiy jihatdan rag'batlantiriladi.
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda uning taniqli a'zolari ijodiy faoliyatiga bag'ishlangan veb-saytlar yaratiladi va ular muntazam yangilab boriladi. e'tibor bergan bo'lsangiz, O'zbekiston YOzuvchilar uyushmasi faoliyatini qo'llab-quvvatlash uchun 20 milliard so'm sarmoya ajratilyapti. Bu hazilakam mablag' emas. OAV sahifalarida, ijtimoiy tarmoqlar, radio, TV kanallarida berilayotgan jo'shqin munosabatlardan ko'rayotgandirsiz, bu e'tibor ijod ahli qalbidan keng aks-sado bermoqda.
Ayni ezgu ishlar Prezidentimizning adabiyotimizga katta e'tibori va g'amxo'rligi bilan amalga oshirilyaptiki, buning qadr-qimmatini yosh ijodkorlarimiz ham, ustoz adiblarimiz ham yaxshi bilishadi.
– ey yoronlar, xalqni ko'ring, ko'ring orzu-havasin,
Biz yozmasak kim yozgaydir bu kunlarning “Xamsa”sin...
Yurtimizda bunyodkorlik ishlari olib borilayotgan, har bir sohada yangilanishlar ro'y berayotgan, adabiy bayramlarimiz ko'ngillarga ziyo ulashayotgan shu kunlarda sizning ushbu misralaringiz dilimizga keladi. Keling, shu o'rinda bu kunlarga etguncha ustoz adiblarimiz va shoirlarimiz “boshidan o'tgan” mashaqqatlar va qiyinchiliklar va ayni kunlarda ularning orzulari ro'yobi bo'lib amalga oshirilayotgan ishlarga to'xtalib o'tsak...
– Prezidentimiz bir gal eldoshlarimiz bilan bo'lgan uchrashuvni yakunlar ekan, “...bu ma'ruza emas, mening azobim, iztiroblarim”, degan edi. Chindan ham davlatimiz rahbari har gal ma'naviy-ma'rifiy jarayon borasida so'z ochganida millat dardini, Vatan va xalq qayg'usini, yosh avlod taqdirini qayg'urib tunu kun urib turgan bedor va behalovat qalbning o'y va iztiroblarini his qilaman. Prezidentimizning jonkuyarligi va yuksak e'tibori tufayli etmish yil muqim manzilu makoniga ega bo'lmagan, “bevatan” bo'lgan YOzuvchilar uyushmasiga Vatanimizning ko'rkam bog'i bag'rida chinniday ko'zni qamashtirguvchi bino qurib berildi. Adiblar xiyoboni barpo etildi. Qalam ahli uchun poytaxt markazidan yangi uy-joylar ajratildi. Ona diyorimizning jannatmakon go'shalarida ijodxonalar barpo etilayotir. Oliy adabiyot kurslari oliy va baland maqomda qayta tiklandi. Yosh ijodkorlar, keksa adiblarga ko'rsatilayotgan amaliy e'tibor, marhum adiblarning nomi va xotiralariga ehtirom, ularning oilalari holidan xabar olish, uyushmaning viloyat bo'limlari moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilashdan tortib, davlat miqyosida rag'batlantirishgacha – hamma moddiy-maishiy shart-sharoitlar bekamu ko'st yaratib berilayotgan bo'lsa... Mamlakatimizning barcha mintaqalarida ulug' ustozlarimiz nomidagi ijod maktablari ochilgani – biror bir davr yo mamlakatda ko'z ko'rib quloq eshitmagan ma'naviy-ma'rifiy hodisa ekani ham bor gap.
Davlatimiz rahbari qanday yig'ilish yo anjuman bo'lmasin, sohasi yoki yo'nalishidan qat'iy nazar o'zbek adiblarini biron bir bahonai sabab bilan eslab o'tadi. Mehr va sog'inch, orzu va armon bilanmi, albatta, bir yo'qlov bahonasida adabiyot va adiblarimizga nisbatan hurmat-ehtiromini har gal hammamizga eslatib qo'ymoqchiday, xuddi, “Uyg'onish zamonlaring keldi, qachon uyg'onasizlar?” deya ogohlantirayotganday... Jadid bobolarimizning ruhlari shod bo'layotgan shu kunlarda barchamiz YAngi uyg'onish davrining faol ishtirokchisiga aylanishimiz judayam zarur.
To'g'ri aytdingiz, hozirgi kunda yurtimizda boshlangan adabiyot tantanalari xalqaro e'tiroflarga sababchi bo'lmoqda. Ustozimiz Abdulla Oripov xotirasiga bag'ishlangan “Oltin so'z” xalqaro mushoirasida ham biz bunday e'tiroflardan behad quvondik. Alisher Navoiy bobomizning 580 yilligi tantanalari esa hatto Amerika Qo'shma shtatlarida ham nishonlandi. Navoiyshunos Benedik Perining, “Navoiydek quyoshi bor yurt oshig'iman”, degan ta'kidi ham biz uchun g'ururbaxsh.
Ustozlar “boshidan kechirgan”, hatto o'zimiz ham guvoh bo'lgan “o'tgan kunlar”imiz mashaqqatlari haqida gap ketganida O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning mana bu misralari yodimga keladi:
Bir vaqtlar ilhomning o'tli tig'ida,
Falakni ko'zlardi mening ham sozim.
Lekin ikki daryo oralig'ida
Qolib ketdi mening o'shal ovozim.
SHunday ovozlar bundan buyon Movarounnahr, ya'ni ikki daryo oralig'ida qolib ketmasligi uchun ham, bir tangani topish juda mushkul bo'lgan hisob-kitobli bu dunyoda, Prezidentimiz homiyligida juda katta mablag' ajratilib, qalam ahli, ijod ahli uchun keng qaramli g'amxo'rliklar qilinayotgani hammamizga katta mas'uliyat yuklaydi, albatta. Mashhur qo'shiqning qofiyasini o'zgartirib aytilsa agar: “YAna nima kerak senga, ey shoir?”
– Bundan rosa 53 yil avval ustoz adibimiz Abdulla Qahhor “YOshlar bilan suhbat” kitobida shunday degan edi: “Hozirgi adabiy yoshlarimiz, shubhasiz, o'ziga ham, adabiyotga ham g'ubor qo'ndirmaydigan haqiqiy zamona yoshlaridir. Biz bir-bir-birimizga katta mehr qo'yishimiz, bir-birimizni har tomonlama boyitishimiz, bir-birimizni balo-qazodan, yomon ko'zdan saqlashimiz zarur, ertagi buyuk adabiyot binosining haqiqiy me'morlari bo'lishimiz kerak. SHundoq bo'lamiz, bunda butun adabiy jamoatchilik, butun xalq katta ishonch bilan ko'z tutayotibdi”. Keyingi paytda YOzuvchilar uyushmasi yosh ijodkorlar bilan yanada gavjumlashib borayotgani quvonarlidir. Demak, ular o'zlari izlagan, orzu qilgan ijod dunyosining qaysidir olamlarini, odamlarini ushbu maskandan topishga muvaffaq bo'lishmoqda.
– Men komil ishonch bilan ayta olamanki, bugungi yoshlar mutlaqo yangi davru zamonlarning yangicha fikrlaydigan yangi farzandlari. Orzu-havaslari, niyat va intilishlari shunchaki havoyi gaplar emas. Mamlakatimizning adabiy-ijodiy, ma'naviy-ma'rifiy obu havosi bilan iqlimi uch-to'rt yil davomida mutlaqo o'zgardi, tozardi desak, adashmagan bo'lamiz.
SHu o'rinda bir haqiqatni ta'kidlab o'tish zarur. Mamlakat adabiy hayotida, adabiy jarayon va jamoatchilik orasida , ayniqsa, yosh ijodkorlar uchun nufuzi va maqomiga ko'ra tom ma'noda chinakam adabiyot bayramiga aylangan, ne-ne ustozlaru shogirdlarning yuraklarini jimirlatib orziqtirgan Zomin seminarlari o'z-o'zidan paydo bo'lgani yo'q. O'riklisoyning betimsol tabiati manzaralari bilan aka-uka, opa-singil tutingan adabiyot bayramlarining, yoshlik va surur anjumanlarining haqiqiy ijodkori, chin tashabbuskori Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev bo'lgan. O'sha kezlarda ijtimoiy faoliyatiyu ish tartibi o'ta tig'izligiga qaramay, katta e'tibor va xayrixohlik bilan o'zi egalik qilib, o'zi bosh-qosh bo'lgan holda anjumanni yuksak maqomda tashkillashtirgan. SHu bois mazkur seminar aks-sadolari bilan, quvonchu hayratlari bilan tez orada butun mamlakatga yoyilib ketdi. Tashabbus bilan g'oya – adabiyotsevar va ma'rifatparvar rahbarga taalluqli bo'lgani, g'oya va niyat muallifining o'zi uni amalga oshirishda bevosita rahbarlik qilib ishtirok etayotgani-yu, yosh shoirlar bilan bab-baravar zavqqa to'lib, quvonib-shodlanib o'tirgani-shu birgina holatning o'zi seminarning nufuzini ham, mavqeini ham yanada yuksaltirib yuborgan edi. Bu kutilmagan e'tibor va xayrixohlikdan ancha-muncha davra ko'rgan tajribali ustozlar ham hayajonga tushgani yodimda... O'sha paytlarda shahar va tuman miqyosida o'tadigan ko'pgina adabiy yig'inlarda aksariyat mahalliy rahbarlarning qatnashishi u yoqda tursin, ijod ahliga ro'yxush bermasdan, adabiy-ma'naviy tadbirlarga nopisand qaraganiga ko'p bora duch kelgan, shunga ko'nikkan keksaroq adiblar uchun bu yangilik rostakamiga hayratlanarli edi.
Bugun endi o'ylab, muqoyasa qilib ko'rsak, adabiyot va ijod ahliga e'tibor, yosh iste'dodlarga ko'rsatilayotgan amaliy g'amxo'rlik, kitob va kitobxonlik masalalari, Adiblar xiyoboni va uning doirasida YOzuvchilar uyushmasining yangi binosini bunyod etish singari ezgu ishlar doirasida qabul qilingan qaror va hujjatlar, xalq qabulxonalariyu odamlar bilan ochiqdan ochiq muloqot qilishdek ezgu amallarning ilk tamal toshlari ham o'sha Zomindagi muborak anjumanlarda qo'yilgan, desak mubolag'a bo'lmaydi.
Kuni kechagina taniqli bir shoir ukamni savolga tutsam, “Bizning orzu-umidlarimiz Zominda, O'riklisoy o'riklarida kurtak yozgan”, deya juda jo'yali javob qildi.
Bundan yigirma yil oldin ustozimiz Abdulla Oripov gazetalardan biriga shunday interv`yu beradi: “Mamlakat yosh shoir va yozuvchilarining Zominda o'tgan anjumani g'oyatda samarali bo'ldi. Biz bu anjumanga shunchaki navbatdagi tadbir sifatida qaramasligimiz kerak. Negaki, yosh ijodkorlarning seminar-kengashini o'tkazar ekanmiz, ko'nglimizning bir chetida unchalik ham oson bo'lmagan hozirgi sharoitda yoshlarimiz adabiy-badiiy ijoddan tirikchilik yo'liga ketib qolmadimikan, degan xavotir yo'q emas edi. eng muhimi, hech bir lofsiz, balandparvoz gaplarsiz, baralla ayta olamizki, oqqan daryolarimiz oqib turibdi ekan. Ayni chog'da yoshlarimizga ba'zi topshiriqlarimiz ham yo'q emas. Inson o'z qalbini qanchalik tadqiq etsa, o'sha qalbda yashaydigan Xalq hamda Vatan tuyg'ularini ham shunchalik teran va samimiy tadqiq etmog'i lozim. Men aminmanki, bugundan e'tiboran, Zomin adabiy maktabi degan atama ham ijod olamida keng urf bo'ladi”.
Shuni g'urur bilan aytib o'tish lozimki, o'tgan yillar davomida Zomin seminarlarida g'olib bo'lgan ijodkorlar: Uyg'un Ro'ziev, Xosiyat Rustamova, Nodir Jonuzoq, G'ayrat Majid, Baxtiyor Genjamurod, Muhiddin Abdusamadov, Bobur Bobomurod, Orif To'xtash, Vohid Luqmon, Shodmonqul Salom, Go'zal Begim, Davron Rajab, Zohidjon Olov, Allayor Darmonovlar bugungi kunda o'zbek adabiyotining taniqli vakillariga aylangan. Bu ro'yxatni yana davom ettirishimiz mumkin. Va bugun oldi qirq-qirq beshga qarab borayotgan bu shoir-yozuvchilarning “chappar urib gullagan chog'lari” aynan Zomin seminarlarida, O'riklisoyning sururbaxsh suv va havolari qo'ynida sodir bo'lganini ularning o'zlari ham sog'inch va orziqish bilan eslashadi.
2020 yilda Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari onlayn tarzda o'tkazildi va bu adabiy anjumanda ishtirok etish uchun ozarbayjonlik, turkiyalik, qozog'istonlik, tojikistonlik va qirg'izistonlik yosh ijodkorlarning havas va mamnuniyat bilan ishtirok etganlari meni juda quvontirdi.
Yosh ijodkorlarni qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirlayotgan “Mening birinchi kitobim” loyihasida esa o'tgan yili 37 nomdagi ilk ijodiy to'plamlar 260 ming nusxada chop etildi. Ushbu kitoblarning taqdimotlari alohida e'tibor va tayyorgarlik asosida o'tkazildi. Ayniqsa, taniqli adabiyotshunoslar va yozuvchi va shoirlarning tahliliy mulohazalari va tanqidiy qarashlari tufayli taqdimotlarimiz ijtimoiy tarmoqlarda ham qizg'in muhokamalarga sabab bo'ldi.
– Mutolaa o'z-o'zimizni taftish qilishga undaydigan sehrli kuchdir. Shu bois bizning ajdodlarimiz ezgulikka chorlaydigan kitoblarni yuz-ko'zlariga surib, ularni xonadonning eng to'rida saqlab e'zozlashgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida”gi qarori ziyolilarimiz e'tirofiga sababchi bo'ldi. Ijodkorlarning kitoblarini nashr etish borasida shu kungacha YOzuvchilar uyushmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar borasida ham aytib o'tsangiz...
- Odamzodning jaholatga qarshi birinchi muqovalangan isyoni kitobdir. Riyoyu razolat, tubanlik, pastlikka qarshi odam bolalari bino etgan ilk istehkom ham kitob sanaladi. Bizning bobolarimiz butun ro'yi olamni, erni ham, samoni ham bilim bilan, tafakkur va kitob bilan zabt etishgan. Seryulduz osmon, Mirzo Ulug'bek bobomizning duraxshon kutubxonasiga o'xshaydi. Termiziylardan, Buxoriygacha, Ibn Sinolaru Buxoriylar, Farg'oniy va al-Xorazmiy bobolargacha jahonni aqlu zakovat, ilmu hikmat bilan egallagan buyuk jahongirlar bo'lishgan.
“Ne mulk ichraki bir farmon yibordim, Aning zabtig'a bir devon yibordim”, deganlarida Navoiy hazratlari birgina o'zlari emas, ilmu ma'rifati bilan jahonkushoylik qilgan sarzaminimizning barcha buyuk allomalari, dong'i olamshumul bobolarimizni ham aynan nazarda tutgan bo'lsa, ajab emas. Haligacha u yog'i Amriqoyu bu yog'i Ovrupo qadar, Hindu Xitoydan tortib Pariju Avstriyogacha, eronu Qohira, Istanbulu Londondan toki Tokioga qadar biron bir kitob “Boburnoma” yanglig' er yuzi o'lkalarni bunchalik bardavom zabt eta olgan emas. Jahongirlik mana bundog' bo'libdi desak, yapon boburshunosi janob evji Mano o'rnidan turib hurmat bilan tavoze bajo keltirmog'i ham ayni haqiqat.
Biroq keyingi yillarda ajdodlarimiz merosiga, kitobxonlik va ilmu ma'rifatga bo'lgan e'tibor anchagina susayib qolgan edi. Respublikamizdagi viloyat, tuman, shahar markazlariga e'tibor bersangiz, qo'sha-qo'sha bozor, yuzlab supermarketlar orasida kitob do'konlari deyarli ko'rinmay qoldi. Demak, eng avvalo, kitobxonlik va kitob mutolaasi muammosini hal qilish uchun kitob etkazib berish, kitob tarqatish masalasini jiddiy hal qilish kerak edi. SHu nuqtai nazardan olib qaraganda “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqtaish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish bo'yicha komissiya tuzish to'g'risida”gi Prezident farmoyishi ayni vaqtida qabul qilingan muhtasham va zaruriy hujjat bo'ldi.
SHu o'rinda 2018-2020 yillar mobaynida Jizzax viloyatining Zomin tumanida an'anaviy tarzda o'tkaziladigan yosh ijodkorlarning respublika “Zomin seminari” haqida va seminar ishtirokchilarining “Birinchi kitobim” rukni ostida chop etilgan kitoblar to'g'risidagi ma'lumotlarni keltirib o'tmoqchiman.
2018-2020 yillar davomida YOzuvchilar uyushmasi tomonidan 37 nafar yosh ijodkorlarning 260 000 nusxada birinchi kitoblari nashr etildi. Kitob mualliflariga jami qiymati 70 448 000 (etmish million to'rt yuzi qirq sakkiz ming) so'm gonorar puli to'lab berildi. Hozirda O'zbekiston YOzuvchilar uyushmasi yosh ijodkorlar bilan ishlash bo'limida 74 dona ijodiy ishlar o'rganilmoqda. Joriy yilda bo'lib o'tadigan “Zomin seminari”ning hududiy bosqichlari aprel-may oylari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Aslida, ona Vatanimizning o'zi buyuk va betimsol kitob. Bu ulg'vor kitobni o'qib anglamoq uchun, sadoqatli, ma'rifatli va bilimli farzandi bo'lib sharaflamoq uchun avvalo Vatan ravnaqi, tinchligi, obodligi uchun xizmat qilish zarurligini anglab etgan har bir o'g'il-qiz sharafli va muqaddas burchni ado etgan bo'ladi.
– Mazmunli suhbatingiz uchun tashakkur.
"Yangi O'zbekiston" muxbiri
Muxtasar TOJIMAMATOVA suhbatlashdi