Unga koʻra:
Prezidentimizning 2020-yil 26-martdagi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni asosida
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi hamda Savdo sanoat palatasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga oʻtkazildi va ularning negizida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tashkil etildi.
Oliy maktabning vazifalari qanday?
- Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishga zarur boʻlgan boshqaruv kadrlari, shu jumladan oliy taʼlim, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
- Kichik biznes va tadbirkorlik, raqamli iqtisodiyot, menejment kabi talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha magistrlar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash;
- Iqtisodiyotda erkin raqobat muhitini shakllantirish, moliya bozorlarida monopol mavqega ega korxonalarga qoʻllanilgan imtiyoz va preferensiyalar samaradorligini baholab borish va tegishli masalalar boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish;
- Oilaviy tadbirkorlik dasturlari orqali kredit olishni moʻljallagan aholi qatlamlari uchun qisqa muddatli oʻqitishni tashkil etish va boshqalar.
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi Oliy maktabning muassisi etib belgilandi.
Mazkur qaror bilan, shuningdek:
- Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining tuzilmasi;
- Oliy maktabning hududiy filiallari namunaviy tuzilmasi;
- Oliy maktabning Vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi.
Oliy maktabga Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi bilan kelishgan holda 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab vazirliklar, idoralar va tadbirkorlik subyektlarining ehtiyojlari va strategik rivojlaninishidan kelib chiqqan holda sohaviy xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma “ikki diplom” (double degree) modeli asosida magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oʻqishni tashkil etish huquqi berildi.