Sayohatchi maqolasida Oʻzbekistonning qadimdan Buyuk ipak yoʻli tutashuvlaridan boshlab, Xitoyni Oʻrta yer dengizi bilan bogʻlaydigan qadimiy savdo yoʻllarini tasvirlaydi. Ushbu yoʻnalishdagi mashhur joylar – Xiva, Samarqand, Buxoro shaharlaridir.
“Oʻzbekiston bir necha yil avval Saymon Rivning “Stanslar bilan tanishuv” serialida namoyish etilganida, birinchi marta qiziqishimni uygʻotgan joy edi va u meni juda hayratga solgandi”, — deb yozadi sayyohlik boʻyicha maslahatchi Emma Savaj.
Emma Oʻzbekiston, albatta, oʻz xohish-istaklari roʻyxatida ekanligini taʼkidlab, mamlakatni Buyuk Britaniya bilan solishtirdi:
“Uning gavjum bozorlari, choyxonalari, mahalliy hayot tarzi va diqqatga sazovor joylari sizni ajib hislarga choʻmdiradi. Bu mamlakat Buyuk Britaniyadan madaniyatdan tortib to landshaftgacha keskin farq qiladi”, deb xabar beradi Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati.
Maʼlumot uchun: “Rutland & Stamford Mercury” gazetasi – Britaniyaning haftalik mintaqaviy gazetasi boʻlib, u Johnston Press media-konserniga tegishli. 2017-yilning yanvar oyida Iliffe Media nashriyot guruhi tomonidan sotib olingan.