Bu xodisaga xavaskor astronomlar “Superoy” deb nom berishgan, chunki yaqinroq boʻlgani sabab oy kattaroq koʻrinadi.
Gap shundaki, Oy Yer orasidagi oʻrtacha masofa 384 ming km ni tashkil qiladi. Oy Yer atrofida ellips boʻylab harakatlanadi va 1 yilda 12-13-marta Yerga yaqinlashib-uzoqlashadi.
Eng qisqa masofa perigey deb nomlanadi va u 356 ming kmni, eng katta masofa esa apogey deyiladi va u 406 ming km ni tashkil qiladi.
Xar gal perigey paytida masofa xar xil boʻlib, bu safargi yaqinlashish 13-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 14:06 ga toʻgʻri keladi va u 357 264 kilometrni tashkil qiladi. Bu 2022-yildagi eng qisqa masofadir.
Aytish lozim, bu paytda Oy bizning mintaqa uchun gorizontdan pastda boʻladi va u koʻrinmaydi. Shundan 9 soatu 32 daqiqa oʻtgandan keyin esa Oy toʻlinoy fazasiga kiradi - uning 100 foiz sirti Quyosh nuri bilan yoritiladi.
Masofa nisbatan qisqa boʻlgani uchun Oyning gagdishi boshqa toʻlinoylarga nisbatan katta roq boʻladi. Bugun Oy kechki payt 20:07 da chiqadi va ertalab 3:51 gacha osmonda boʻladi. Tabiiyki oʻzining eng toʻliq fazasi - 23:38 da osmonda ancha balandda boʻladi va uni bemalol kuzatish mumkin.