Buxoroda muqobil energiya manbalarini qo'llash imkoniyatlari yuqori

    Shu bois, Buxoroda energiya ta'minotini yaxshilash masalasiga alohida e'tibor qaratildi.

    Oxirgi yillar tom ma'noda o'zgarishlar, yangilanishlar davri bo'ldi, desak adashmaymiz. Ayniqsa, mamlakatimiz siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotidagi keyingi 6 yil tub burilish yasadi. Albatta, bu yutuqlar tasodifan bo'lgani yo'q. Bularning negizida Prezidentimizning chuqur o'ylagan siyosati va irodasi, xalqimizning fidokorona mehnati turibdi. Har bir o'zgarishlar qog'ozdayu, og'izda emas, balki odamlarning har kungi hayotida aks etmoqda. Bu aholi daromadining izchil o'sayotgani, odamlarning yashash sharoiti tubdan yaxshilanib, kayfiyati, dunyoqarashi va hayotga munosabati o'zgarayotagnida namoyon bo'layotir.

    Birgina “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” kabi samarali tizimlar orqali minglab yoshlar, xotin-qizlar ishli, daromadli bo'lyapti. Yangi uy-joylar barpo etilayotgani tufayli uzoq yillar boshpanasiz bo'lgan qanchadan-qancha oilalar shaxsiy uy-joyga ega bo'lmoqda.

    Prezidentimizning hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji bilan tanishish maqsadida 17-fevral kuni Buxoro viloyatiga tashrifi ham yana bir katta voqelikka aylandi. Viloyat ahliga cheksiz g'urur-iftixor bag'ishlab, odamlarni faolikka chorladi.

    Buxoro asrlar davomida jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shib kelgan, haqli ravishda shariflik maqomiga sazovor bo'lgan muqaddas shaharlardan. Bu zaminda ko'plab allomalar tavallud topgan va yashagan. Ularning ma'naviy merosi asrlar oshsada qadrini yo'qotmaydi. Prezident tashrifni Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshlaganida ham bu zotlarga hurmat ularning ma'naviy merosini keng targ'ib qilish, insonlar qalbini buzg'unchi g'oyalar egallab olmasligi uchun ularning ilmiy merosini o'rganib, amalyotga joriy qilish kabi ezgu maqsadlarga qaratilgandir. Bu sohadagi amaliy ishlarni davlatimiz rahbari Buxoro shahridagi Mir Arab oliy madrasa misolida borib ko'rdi.

    Ushbu madrasa 500 yillik tarixga ega. Undan dunyo tamadduniga o'z hissasini qo'shgan ko'plab ulug' insonlar, olimlar, ulamolar, imomlar, muftiylar etishib chiqqanani barchamizga ayon. Lekin o'tgan asrda uning maqomi o'rta maxsus bilim yurti darajasiga tushib qolgan edi va yetarli qarov bo'lmagani uchun bino zax tortgan, ta'lim oluvchilar uchun ham kitoblar yetishmasdi. 2017-yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerga kelib, ahvolni ko'rgan, madrasaning tarixiy mavqeini tiklashni maqsad qilgan edi. Oliy maqsad o'z ijrosini topib, bugungi kunda Ark qo'rg'onidan uzoq bo'lmagan joyda yangi bino barpo etildi va yaqinda foydalanishga topshirildi.

    Ayni vaqtda 200 o'ringa mo'ljallangan oliy madrasada Qur'oni karim, hadis, fiqh va tasavvuf ilmlari, xorijiy tillardan 107 nafar talaba puxta ta'lim olmoqda. Bu yerda ta'lim olayotgan yoshlar uchun zamonaviy va qulay o'quv xonalari, kutubxona, faollar zali, talabalar yotoqxonasi, sportzal, basseyn va xizmat uyi kabi barcha qulayliklar yaratilgan.

    So'ngi olti-yetti yilda barcha sohalar singari oliy ta'limga berilgan e'tibor tufayli Buxoro viloyatida davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalari soni 11 taga yetib, yoshlarni oliy ta'lim bilan qamrovi ham bir necha karra oshdi. Shunga mos ravishda yoshlarni ta'lim olish uchun davlat tomonidan 50 yaqin ijtimoiy qo'llab-quvvatlov sharoitlari ham yaratildi. Natijada, yoshlarni oliy ta'lim muassasasiga o'qish istigi, ziyoli bo'lib jamiyat koriga yarash kabi ulug'vor maqsadlari ortib borayotgani quvonarli.

    To'g'risi, odamlarning yashash sharoitlarini yaxshilash, tayinli ishli, doimiy daromad manbaiga ega bo'lishi, oilasi bilan tinch-xotirjam bo'lsa, yashashga ishtiyoqi oshadi, ishida unum-baraka bo'ladi, yangilik yaratgisi keladi. Hozir kim bilan gaplashmang, ular bugungi o'zgarishlar haqida to'lib-toshib gapiradi. Agar rivojlanish shu sur'atda davom etsa, keyingi besh yilda o'zgarishlar ko'lamini tasavvurga sig'dirish qiyin.

    Tashrif doirasida Buxoro viloyatida sanoatni rivojlantirish va energiya ta'minotini yaxshilash masalalari bo'yicha yig'ilish o'tkazildi. Unda Buxoroda energiya ta'minotini yaxshilash masalasiga alohida e'tibor qaratilib, qo'shimcha quvvatlarni yaratish va samaradorlikni oshirish zarurligiga urg'u berildi. Agar viloyatning iqlimi issiq ekanligini hisobga olsak, bundan foydalanib, 740 ta korxonada 22 Megavattli, ijtimoiy ob'ektlar va ko'p qavatli uylar ustida 11 Megavattli quyosh panellari o'rnatish mumkin.

    Shu jihatdan, elektr tarmoqlarini yangilash orqali 50 million kilovatt soat elektr yo'qotishlarini kamaytirish, 45 ta yirik sanoat korxonasida energiya sarfi yuqori bo'lgan uskunalarni almashtirish imkoniyati ko'rsatib o'tildi.

    Bir so'z bilan aytganda, bugun viloyat ahlining kayfiyati yuqori, ertangi kunga ishonchi baland. Ushbu tashrif hududning beqiyos imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, xalqimizning tinchligini ta'minlash va farovonligini yuksaltirishga albatta xizmat qiladi.

    Azizbek OMONOV,

    Buxoro davlat universiteti Birinchi prorektori,

    Sotsiologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori