“Deyarli har qanday sirtda infeksiya mavjud bo'lishi mumkin. COVID-19 kasalligini keltirib chiqaradigan Sars-CoV-2 virusi pulda uchrashi ehtimoli ham yuqori”, — dedi shifokor.
Bundan tashqari, bakteriyalar ko'pincha kiyim va ko'rpa-to'shakda, iliq va nam muhitda rivojlanadi. Koronavirus qattiq sirtlarda, shu jumladan plastik va zanglamaydigan po'latda uzoqroq yashaydi.
“Shuning uchun, sovg'a tanlash maqsadida savdo markazlariga borganingizda albatta niqob va bir martalik qo'lqop kiyishingiz kerak”, deb maslahat berdi mutaxassis.
O'z navbatida, tibbiyot fanlari doktori, immunolog, xavfli yuqumli kasalliklar bo'yicha mutaxassis Vladislav Jemchugov uyga kelganda sotib olingan buyumlarni dezinfeksiyalovchi vosita bilan tozalash kerakligini tavsiya qildi.
“Xarid qilingan ayrim sovg'alarni bir muddat ayvonda saqlash lozim, meva va sabzavotni esa oqar suv bilan yaxshilab yuvib tashlang”, dedi shifokor.